Asosiy qismga oʻtish

CRM · ERP · Avtomatlashtirish

Murakkab jarayonlarni tizimlashtiramiz

Mijozlar, savdo, ombor va moliya — hammasi bitta tizimda. Biznesingiz uchun CRM, ERP va maxsus dasturlar ishlab chiqamiz.

bajarilgan loyiha
20+
bajarilgan loyiha
yildan beri ishlaymiz
2025
yildan beri ishlaymiz
xizmat yoʻnalishi
6
xizmat yoʻnalishi
Oʻtmish
  • Excel jadvallar
  • Daftardagi yozuvlar
  • Telegramdagi chatlar
  • Esdan chiqqan qoʻngʻiroq
  • Qoʻlda hisobot
Kelajak

Savdo voronkasi

jonli

Yangi2

  • Ulgurji buyurtma
  • Qayta murojaat

Jarayonda2

  • Hamkorlik
  • Yetkazib berish

Toʻlandi1

  • Shartnoma
Oʻrtacha javob vaqti15 daq

Mijozlar

Bizga ishonganlar

  • Najot Ta'lim
  • Falaq
  • OneBook ELD
  • Techjobs
  • Oson Bozorlik
  • JLPT Master
  • HisobAI
  • Ustoz Akademiyasi
  • Quarter Aspect
  • Edfix
  • Robbit
  • TruckCare
  • @hazlovozbot

Tanish holatmi?

Har kuni mijozlar yozadi. Nechtasini yoʻqotayotganingizni bilasizmi?

  1. 01

    Javob kechikadi

    Mijoz yozadi, lekin javob bir necha soatdan keyin keladi. Bu vaqtda u raqobatchingizga ketib boʻlgan.

  2. 02

    Maʼlumot tarqoq

    Mijozlar Excelda, buyurtmalar Telegramda, toʻlovlar daftarda. Umumiy manzarani hech kim koʻrmaydi.

  3. 03

    Hisobot — qoʻlda

    Oy oxirida hisobot tayyorlash uchun butun bir kun ketadi va raqamlar baribir mos kelmaydi.

  4. 04

    Hammasi bir odamga bogʻliq

    Menejer taʼtilga chiqsa, uning mijozlari bilan nima boʻlayotganini hech kim bilmaydi.

Xizmatlar

Biznesingizni raqamlashtirish uchun kerak boʻlgan hamma narsa

Gʻoyadan ishga tushirishgacha — tahlil, dizayn, ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash bitta jamoada.

  • CRM va ERP tizimlari

    Mijozlar, savdo, ombor va moliyani boshqarish uchun biznesingizga moslab yaratilgan tizimlar.

    Nimalar kiradi

    • Jarayonlar tahlili va loyihalash
    • Rollar va ruxsatlar
    • Hisobotlar va dashboardlar
    • Mavjud dasturlar bilan integratsiya
    • Xodimlarni oʻqitish
  • Jarayonlarni avtomatlashtirish

    Takrorlanadigan qoʻl mehnatini dasturga topshiring: hisobotlar, bildirishnomalar, hujjatlar.

    Nimalar kiradi

    • Telegram botlar
    • Avtomatik hisobotlar
    • Hujjatlar generatsiyasi
    • SMS va bildirishnomalar
    • Toʻlov tizimlari integratsiyasi
  • Web sayt va platformalar

    Korporativ saytlardan murakkab web platformalar va shaxsiy kabinetlargacha.

    Nimalar kiradi

    • Korporativ saytlar
    • Web platformalar va kabinetlar
    • Koʻp tilli saytlar
    • SEO va tezlik optimizatsiyasi
    • Admin panel
  • Mobil ilovalar

    iOS va Android uchun ilovalar — mijozlaringiz yoki xodimlaringiz uchun.

    Nimalar kiradi

    • iOS va Android
    • Kuryer va xodim ilovalari
    • Push bildirishnomalar
    • Oflayn rejim
    • App Store va Google Play doʻkonlariga joylash
  • IT outsourcing

    Loyihangiz uchun tayyor jamoa yoki jamoangizni kuchaytiradigan mutaxassislar.

    Nimalar kiradi

    • Toʻliq loyiha jamoasi
    • Alohida dasturchilar
    • Texnik qoʻllab-quvvatlash
    • Kod sifati nazorati
  • Texnik maslahat va arxitektura

    Qaysi texnologiya kerak, qancha turadi, qayerdan boshlash kerak — aniq javob beramiz.

    Nimalar kiradi

    • IT audit
    • Arxitektura loyihasi
    • Texnologiya tanlash
    • Loyiha bahosi va reja

Loyihalar

Tizimlashtirgan bizneslarimiz

Har bir loyiha — aniq muammo va oʻlchanadigan natija.

  • Devline yuritadi

    20+

    boʻlim admin panelda

    Taʼlim

    Najot Taʼlim ERP — oʻquv markazi boshqaruv tizimi

    Oʻquv markazining butun ishini qamrab olgan tizim: guruhlar va dars jadvali, shartnomalar, moliya va toʻlovlar, oʻquv boʻlimi, analitika va gamifikatsiya. Xodimlar uchun admin panel, talabalar uchun mobil ilova.

  • 5000+

    foydalanuvchi

    EdTech va nashriyot

    Falaq — audio va elektron kitoblar platformasi

    Kitoblarni qaroqchilikdan himoya qilgan holda sotish va tinglash uchun platforma. Fayllar shifrlangan holda uzatiladi, qurilmalar soni cheklanadi, obuna va aqlli bildirishnomalar ishlaydi.

  • 16

    modul, 4 ta rol

    Yuk tashish · AQSh va Kanada

    OneBook ELD — avtopark boshqaruv paneli

    Tashuvchi kompaniya ofisi uchun web panel: avtoparkning jonli xaritasi, haydovchilar ish vaqti nazorati, texnik koʻrik va hisobotlar. AQSh FMCSA talablariga mos.

Qanday ishlaymiz

Tartibsizlikdan tizimgacha — 5 qadam

  1. 1

    Tahlil

    Biznesingiz qanday ishlashini oʻrganamiz: jarayonlar, muammolar, maqsadlar.

  2. 2

    Loyihalash

    Tizim tuzilmasi, ekranlar va aniq reja. Narx va muddat oldindan maʼlum.

  3. 3

    Ishlab chiqish

    Qisqa bosqichlarda ishlaymiz va har 2 haftada natijani koʻrsatamiz.

  4. 4

    Joriy etish

    Maʼlumotlarni koʻchiramiz va xodimlaringizni oʻqitamiz.

  5. 5

    Qoʻllab-quvvatlash

    Ishga tushgandan keyin ham yoningizdamiz: yangilash va rivojlantirish.

Biz haqimizda

Oʻtmishdan kelajakka

Devline — bizneslar va startaplar uchun zamonaviy IT yechimlar yaratadigan jamoa.

Biz 2025-yilda bitta oddiy kuzatuvdan boshladik: koʻp bizneslar hali ham daftar, Excel va xotira bilan ishlaydi. Kompaniya oʻsgan sari bu usul ishlamay qoladi — mijozlar yoʻqoladi, xatolar koʻpayadi, egasi hamma narsani oʻzi nazorat qilishga majbur boʻladi.

Bizning vazifamiz — shu tartibsizlikni tushunarli tizimga aylantirish. Logotipimizdagi «>» belgisi aynan shuni anglatadi: oʻtmishdagi qoʻl mehnatidan kelajakdagi avtomatlashtirilgan jarayonlarga.

Maqsadimiz — mijozlarimizga tez, sifatli va ishonchli texnologik yechimlar taqdim etish.

Oʻtmishdan > Kelajakka

  • 01

    Avval tushunamiz

    Kod yozishdan oldin biznesingiz qanday ishlashini oʻrganamiz. Keraksiz funksiya — ortiqcha xarajat.

  • 02

    Oddiy tilda

    Texnik atamalar bilan chalgʻitmaymiz. Har bir qarorni tushuntirib beramiz.

  • 03

    Oʻlchanadigan natija

    Muvaffaqiyat — ishga tushgan tizim emas, balki tejalgan vaqt va saqlab qolingan mijozlar.

  • 04

    Uzoq muddatli hamkorlik

    Topshirib ketmaymiz. Tizim biznesingiz bilan birga oʻsadi.

Jamoa

Tizimlarni quradigan odamlar

Aziz Atajanov
Parviz Xolikov
Dilshod Gaibnazarov
Akbar Abduganiev
Ayyubxon Mashrapov
Ali Urgenchbayev
DinMuhammad Qosimov
Abubakir Botirov
Abdujalil Abdulaxatov

01 / 09

Aziz Atajanov

DevOps muhandis

Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Javobini topmadingizmi? Ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling — tushuntirib beramiz.

  • Tayyor CRM bor-ku, nega maxsus dastur kerak?

    Tayyor tizimlar (amoCRM, Bitrix24, 1C) koʻp holatda yetarli va biz ham shuni maslahat beramiz. Maxsus dastur biznesingizda tayyor tizimga sigʻmaydigan jarayon boʻlganda kerak boʻladi: oʻziga xos hisob-kitob, ishlab chiqarish mantiqi yoki nasiya sxemasi. Avval jarayoningizni oʻrganamiz, keyin qaysi yoʻl arzonroq ekanini aytamiz.

  • Qancha turadi?

    Narx ish hajmiga bogʻliq: kichik Telegram bot bilan toʻliq ERP tizimining farqi juda katta. Shuning uchun aniq raqamni jarayoningizni koʻrmasdan aytmaymiz. Dastlabki suhbat va taxminiy baho bepul.

  • Qancha vaqt ketadi?

    Bot yoki kichik avtomatlashtirish — bir necha hafta. CRM yoki ERP — bir necha oy, chunki ish bosqichma-bosqich boradi. Rejani loyihalash bosqichida beramiz va har bosqichda natijani koʻrsatamiz.

  • Mavjud dasturlarimiz bilan bogʻlanadimi?

    Ha. Telegram, Instagram, telefoniya, Payme va Click kabi toʻlov tizimlari, 1C va boshqa hisob dasturlari bilan integratsiya qilamiz. Qaysi tizim bilan ishlashini tahlil bosqichida aniqlaymiz.

  • Ishga tushgandan keyin nima boʻladi?

    Maʼlumotlarni koʻchiramiz, xodimlarni oʻqitamiz va tizim barqaror ishlashini kuzatamiz. Keyin ham yoningizda boʻlamiz: xatolarni tuzatamiz, yangi imkoniyatlar qoʻshamiz.

  • Kod va maʼlumotlar kimga tegishli?

    Tizim va undagi maʼlumotlar sizniki. Kodni oʻz serveringizda saqlash yoki boshqa jamoaga topshirish huquqingiz bor. Shartnomada buni aniq yozamiz.

Boshlaymizmi?

Biznesingizni tizimlashtirishni bugun boshlang

Arizani qoldiring — 1 ish kuni ichida bogʻlanamiz, vazifani muhokama qilamiz va bepul dastlabki baho beramiz.

  • Bepul konsultatsiya
  • Narx va muddat oldindan
  • Majburiyatsiz

Ariza qoldiring

Sizni nima qiziqtiradi?

Yuborish orqali maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatilishiga rozilik bildirasiz.

Manzil

Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol MFY, 1B

Najot Taʼlim binosi, 4-qavat

Xaritada ochish